Bugungi globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan, axborot oqimi ortib borayotgan ayni bir zamonda farzandlarimizda qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini saqlab qolish, bu borada ota-onaning yä ni oilaning o rni va shu oilada tarbiya topib, ulg ayib, voyaga yetayotgan farzandlar qalbida ezgulik sifatlarini uyg ota bilish har qachongidan-da dolzarbroq mazmun kasb emoqda. Shunday ekan ota-ona mä naviyati, ota-ona kitobxonligi, oilaviy badiiy muhit farzand tarbiyasida muhim o rin tutishi va farzandlar kamolida birlamchi axloqiy parvozlar aynan xalq pedagogikasi asosida shakllanishini yanada chuqurroq anglashimiz darkor. Ota-onalarga farzanlarining kitobga mehr qo yishida ularga bolalikdanoq (ona qornidaligida) ibratli ertaklar, hikoyalar va boshqa xalq og zaki ijodining tä sirchan vositalaridan foydalanib borishini anglatilsa, farzandlarida mä naviy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirgan bo lar edik.